O‘QUV USTAXONASIDA AMALIY MASHG‘ULOT

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsadi — ta’lim
sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy
qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini
yaratishdir. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim jarayoniga boshqacha
nazar bilan qarashni talab etadi. Xususan, ta’lim tizimi uchun
yangi pog‘ona bo‘lmish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida bu
muammo o‘z dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi. Dunyoga yangi
ko‘z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi,
xullas, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash,
respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli
vazifadir. Bu vazifani qanday amalga oshirish «Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda aniq ko‘rsatib
berilgan. Hozirda bunday ulkan vazifani sharaf bilan bajaradigan,

zamonaviy va jahonning ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan qurol-
langan pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bor-
moqda. O‘quvchilarni mehnat va kasbga olib kirishning har xil

yo‘llari orasida «Mehnat ta’limi» fani alohida o‘rin tutadi. «Mehnat
ta’limi»ni berish bilan birga uni amaliyotda qo‘llay bilish zarur.

O‘quvchilar «bilish» faoliyati bilangina emas, balki yaratuv-
chanlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar; mehnat ish qurollari,

jarayonlari oddiy o‘rganish obyektlari sifatida emas, shu bilan
birga o‘quvchilarning ishlarini faollashtiradigan ko‘rsatuvchanlik
vositasi, didaktik material, ta’limning texnik vositasi sifatida ham
xizmat qiladi.
Mazkur o ‘quv qo‘llanmaning maqsadi kollej o ‘quvchilari
hamda umumiy ta’lim maktablarining 1-4-sinflari o‘quvchilariga
mehnat fanini o‘rgatishdan iboratdir. Uning asosiy vazifasi esa ana
shu m ehnat fani qonun-qoidalarini o ‘quvchilarga singdirish,
ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, dars ishlanmalari, taqvim-mavzu,
rejalar tuzish, doskadan foydalanishni o ‘rgatish, o ‘quvchilarda
kasblarga qiziqish uyg‘otishdan iboratdir.

QR Code
Add to Wishlist
Add to Wishlist

Description

QR Code

Oliy va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika kollejlarining «Boshlang‘ich ta’lim
mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv ustaxonasida amaliy mashg‘ulot» fanidan dars

beruvchi o‘qituvchilar va shu bo‘limda ta’lim oluvchi o‘quvchilar uchun mo‘l-
jallangan bo‘lib, unda boshlang‘ich sinf mehnat darslarida foydalaniladigan ama-
liy ish turlari yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanma qog‘oz va karton, tabiiy va turli

xomashyo, gazlama bilan ishlash hamda texnik modellashtirish kabi bo‘limlarni
o‘z ichiga olgan. Dars jarayonida o‘quvchilar bajarishlari lozim bo‘lgan amaliy
ishlar chog‘ida bosqichma-bosqich ko‘rgazmalardan foydalanishlari uchun
namunalar berilgan.

Taqrizchilar: R.X. SOTVOLDIYEVA — 1-Toshkent pedagogika
kolleji o‘qituvchisi; R.F. ALIMOVA — Y. Rajabiy
nomidagi Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchisi.

Reviews

There are no reviews yet.

Be the first to review “O‘QUV USTAXONASIDA AMALIY MASHG‘ULOT”

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *