Description
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng
o‘z milliy qadriyatlarini tiklash yo‘lida jamiyat hayotining
har bir jabhasida sobitqadamlik bilan ish olib bormoqda.
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda
ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani
amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli katta.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidan
boshlamoq kerak.
Shunga ko‘ra bolalar bog‘chalarida murg‘ak qalblarga
ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng
muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zalliklarini
ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz beradigan voqea-
hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversa
tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida
tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
O‘quv qo‘llanmada Respublika Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan joriy etilgan bolalar bog‘chalarini tabiat bilan
tanishtirish dasturi, O‘zbekistonning o‘ziga xos etnik xusu-
siyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o‘rin olgan
hamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta’lim-tarbiya
haqida nazariy g‘oyalar berilgan.
Qo‘llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh
bosqichiga xos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda ilk yoshdagi kichik guruhdan to maktabgacha tayyorlov
guruhi uchun mo‘ljallangan bilim va ko‘nikmalar hajmini
o‘z ichiga oladi.
Bo‘lajak bog‘cha tarbiyachilari uchun eng muhimi, ta’lim-
tarbiya tizimini tushunib olish, tabiat bilan tanishtirishning shakl,
metod va uslublarini, shu bilan birga, bolalarning bilim-faoliyat-
lariga rahbarlik qilishni o‘rganib olishdir.






Reviews
There are no reviews yet.