Description
Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi
Mualliflar: Matchonov Safo, Bakiyeva Hilola, Gulyamova Xolida,
Yo`ldosheva Sharofat, Xolboyeva Gulnora
Annotatsiya
Mazkur darslik boshlang`ich ta’lim fakulteti talabalari uchun (5111700)
mo`ljallangan. Unda boshlang’ich sinflarda til asoslarini va yozuvga o`rgatish
“Savod o`rgatish metodikasi”, “Husnixatga o`rgatish metodikasi” va “Fonetika,
grafika, morfemika, grammatika va imlo metodikasi”, “Ona tilidan sinfdan tashqari
ishlar” bo`limlarida, adabiyot haqida dastlabki adabiy tushunchalar bolalar
adabiyoti misolida “Sinfda o`qish medodikasi” va “Sindan tashqari o`qish
metodikasi” bo`limida o`z aksini topgan. Ularda har bo`limning predmeti, maqsadi
va vazifalari, mazmuni, o`qitish metodlari, usullari va vositalari yoritilgan.
Shuningdek, ilmiy-nazariy ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq etish namunalari
keltirilgan. Talabalarga o`z bilimlarini tekshirish uchun testlar, mustaqil ishlash
uchun savol-topshiriqlar tavsiya etilgan.
Taqrizchilar:
Ernazarova Manzura — filologiya fanlari doktori (DSc), Navoiy davlat
pedagogika instituti “Boshlang`ich ta`lim metodikasi”
kafedrasi mudiri
Hamroyev Alijon — pedagogika fanlari nomzodi, Buxoro davlat universiteti
“Boshlang`ich ta`lim metodikasi” kafedrasi mudiri
Shofqorov Abdushukur -filologiya fanlari nomzodi, dotsent Chirchiq davlat
pedagogika instituti “Til va adabiyot” kafedrasi mudiri


Reviews
There are no reviews yet.