Description
Bizga ma‘lumki, Kibyernetika fani «Tirik mavjudodlar va mashinalar aloqasi xamda ularni boshkarish» xakidagi fan sifatida N.Vinyer tomonidan kashf etildi.
Kibyernetika fanining tez rivojlanishi bir kator unga yakin bo’lgan fanlarni paydo bo’lishiga va jadal rivojlanishiga olib keldi. Bunda matematik modellashtirish xisoblash mashinalari va tarmoqlarni optimal loyixalash kabi xilma-xil kibyernetik masalalarni yechishda biriktiruvchi buginga aylandi.
Matematik model- ob‘ekt yeki jarayonlarning tenglama, tengsizlik, formula, jadval yeki grafik ko’rinishhidagi ifodasidir. Kibyernetika esa murakkab ob‘ektlar alokalarini va ularni boshkarishni modellashtirish xakidagi umumiy, yagona fandir.
Agar bitta faktorning qiymatini o’zgaruvchi deb qarab, kolganlarini shartli ravishda o’zgarmas deb karasak, bir faktorli matematik model kurishimiz mumkin.
Agar xamma faktorlarni o’zgaruvchi deb karasak, ko’p faktorli matematik modelga ega bulamiz.
Matematik modellar uz navbatida statik va dinamik matematik modellarga bulinadi.
Agar matematik modelning faktorlari xam uzi xam tasodifiy bo’lmasa, bunday model regression model deyilib, bunday modelni kurish jarayoni regression taxlil deyiladi.
Agar matematik modelning faktorlari xam uzi xam tasodifiy bulsa, bunday model korrelyatsion model deyilib, bunday modelni kurish jarayoni korrelyatsion taxlil deyiladi.
Ob‘ektning modelini topish va uni taxlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarish jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi.
Matematik modellarning iqtisodiyot muammolarini o’rganishga tatbik etishni iqtisodiy-matematik modellashtirish, ularni amalietda qo’llashga esa iqtisodiy-matematik usullar deb yuritiladi.






Reviews
There are no reviews yet.