Description
Sh.E. Sherkulov. Iqtisodiyot nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. – T.: «________»
nashriyoti, 2022, ___ bet.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha tayyorlangan mazkur o‘quv qo‘llanmani
tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va oliy
o‘quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash yangi davlat andozasi talablari hisobga
olingan. Undagi mavzular mazmunini yoritishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti asarlari, ma’ruzalari, mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar, ayniqsa
keyingi vaqtlarda qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlardan keng
foydalanilgan. Mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan qator darslik va o‘quv
qo‘llanmalarning qisqacha tahlili berilgan, ulardagi ijobiy tomonlardan
foydalanilgan va ba’zi bir munozarali jihatlar esa tanqidiy ravishda o‘rganilib,
mualliflarning shaxsiy yondashuvlari bayon etilgan.
O‘quv qo‘llanma bir-biri bilan mantiqan bog‘langan mavzulardan iborat bo‘lib,
ularda iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va
jahon xo‘jaligiga oid mavzular o‘rin olgan. Ayniqsa, hozirgi zamon rivojlangan
bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariga, moliya, kredit, bank va pul tizimining
roliga katta e’tibor berilgan.
O‘quv qo‘llanma bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalar
uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar: dots. B. Xajiyev
dots. B. Mamaraximov






Reviews
There are no reviews yet.