Lev Tolstoy. Baldan so‘ng

QR Code
Add to Wishlist
Add to Wishlist

Description

— Siz, kishi o’zi yaxshi-yomonni ajrata olmaydi, hamma gap muhitda,
kishini muhit xarob qiladi, deysiz. Men esam, hamma gap
tasodifda deb o’ylayman. Mana men o’zim haqimda gapirsam…
Hamma izzat-hurmat qiladigan Ivan Vasil`evich bilan ikkimizning
oramizda kishining kamolga yetishi uchun eng avval odamlar
yashaydigan muhitni o’zgartish kerakligi to’g’risida bo’lib o’tgan
suhbatdan so’ng u kishi haligidek gap boshladi. Yaxshi-yomonni
odamning o’zi ajratolmaydi, deb hech kim aytgani ham yo’q, ammo Ivan
Vasil`evichda gap vaqtida esiga kelib qolgan o’z fikrlariga o’zi javob
berish va shu fikrlar munosabati bilan o’z sarguzashtlaridan gapirib
berish kabi odat bor edi. Aksari hikoya aytishga shunday berilib
ketardiki, jon-dilidan chiqarib rost so’zlashga qiziqkb ketib, nima
munosabat bilan gap boshlaganini ham butunlay unutib qo’yardi.

Reviews

There are no reviews yet.

Be the first to review “Lev Tolstoy. Baldan so‘ng”

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *