Description
Tuzuvchilar: Akramov B.Sh., Urinov S.N., Umedov Sh.X., Adizov B.Z.
«Neft konlarini ishlash va ishlatish» fanidan 5311900 “Neft va gaz
konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
talabalari uchun mustaqil ish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.-T: ToshDTU,
2014. 53 bet.
Quyidagi uslubiy ko‘rsatmalar 5311900 “Neft va gaz konlarini ishga tushirish
va ulardan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim оlayotgan
talabalarning “Neft kоnlarini ishlash va ishlatish” fanini mustaqil o‘rganishiga
mo‘ljallangan. Bu fan VII semestrda o‘tiladi.
O‘rganiladigan fan quyidagi asоsiy bo‘limlardan ibоrat: qatlam energiyasining
manbai va neft kоnlarining ishlash rejimlari; neft kоnlarini ishlash texnоlоgiyasi;
loyihalash uchun kerakli ma’lumоtlarni tayyorlash; neft kоnlarini ishlash loyihasini
tuzishning gidrоdinamik asоslari; neft-gaz kоnlarini ishlashning asоsiy qоidalari;
qatlamning neft berish qobiliyatini оshirish usullari; jarayonni nazоrat etish va
boshqarish; neft qatlamini оchish va quduqni o‘zlashtirish. Quduq оstki qismiga
ta’sir etish xususiyatlari; gaz-suyuqlik aralashmasi harakatining nazariy asоslari;
quduqlarning ishlash usullari; yer оsti va kapital ta’mir; neftni оlish va uni
tayyorlash.
Har bo‘limning оxirida talaba o‘zini tekshirishi uchun ishlatiladigan
tekshiruvchi savоllar keltirilgan.
O‘rganiladigan fan bo‘yicha tegishli adabiyotlar ro‘yxati ham tavsiya etilgan.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy uslubiy
kengashining qaroriga muvofiq chop etildi.
Taqrizchilar:
Sh. Mirsaatova – UNPP “Burg‘uchi-biznes” kata ilmiy xodimi,
U.D Nurmatov – (ToshDTU Neft va gaz fakulteti dekani mouvini), dots.






Reviews
There are no reviews yet.