Description
UDK: 341.124 (15.2)
КBК: 154.36
I.S.Xotamov, M.K.Olimov, G.R.Madrahimova, I.S.Foziljonov. Kreativ
fikrlash. O’quv qo’llanma – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. — T.:
“Iqtisodiyot”, 2021 y. — 188 b.
Ushbu o’quv qo’llanmada taʼlimning asosiy vazifalaridan biri, ya’ni talabalarda
jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak
bo’ladigan ko’nikmalar va zamonga mos fikrlashni shakllantirishga oid mavzular
yoritilgan. Bu o’quv qo’llanma dars matni yoki mustaqil o’quv qo’llanma sifatida
ishlatilishi mumkin
Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo’lishi kerak bo’lgan muhim ko’nikmadir,
bu ko’nikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan o’zgarayotgan XXI asr
ko’nikmalariga ega kadrlarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga ko’maklashadi.
Umuman olganda, bugungi o’quvchi kelajakda hozir hatto mavjud bo’lmagan
sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi
kutilmoqda. O’quvchida kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish ularga tobora
murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali
hal etish imkonini beradi. Kreativ fikrlash zamonaviy bilim berishga qaratilgan ta’lim
mobaynida ko’r-ko’rona yodlash o’rniga tadqiqot va ixtironi qo’llab-quvvatlaydigan
yondashuvlar orqali rivojlantirilishi mumkin, talabalar kreativ fikrlashni ajrata
olishlari, bunday fikrlashga mos shart-sharoitlarni bilishlari va o’zlari ham
o’quvchilarga fikrlashda ko’proq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari
kerak.
Mazkur o’quv qo’llanma oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalar,
professor-o’qituvchilar hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.
Taqrizchilar:
B.T. Salimov — TDIU, “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi professori,
iqtisodiyot fanlari doktori
A.J. Abdulloyev — Buxoro davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi
mudiri, PhD, dotsent
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashining 2020 yil 28 noyabrdagi 4-sonli
qarori asosida chop etishga tavsiya etilgan
© I.S.Xotamov, M.K.Olimov, G.R.Madrahimova, I.S.Foziljonov
© “Iqtisodiyot”, 2021




Reviews
There are no reviews yet.